Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barsa" va Mendesh Yamalning maydon tashqarisidagi harakatlarini kuzatib boradi

"Barsa" va Mendesh Yamalning maydon tashqarisidagi harakatlarini kuzatib boradi

Baho:
+ | -

"Barselona" Lamin Yamalning maydondan tashqaridagi harakatlariga e’tibor qaratmoqchi.

La Liganing 10-turida "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tgan klasiko oldidan, 18 yoshli vinger Kings League media-ligasi strimida "Real" "firibgarlik va shikoyat" qilayotganini aytdi. Xabar qilinishicha, "Barselona" Yamalning so‘zlaridan norozi bo‘lib, uni "haddan oshdi" deb hisoblagan.

Diario Sport xabariga ko‘ra, "Barselona" Yamalning so‘zlari "Real" uchun klasikoda "yoqilg‘i" bo‘ldi, deb hisoblamoqda. Kataloniyaliklar direktorlar kengashiga "qaymoqranglilar"ning bir necha futbolchisi Laminga qarshi chap qanotda o‘ynash istagini bildirgani haqida ma’lumot kelib tushdi.

Kataloniya klubi va Yamalaning agenti Jorje Mendesh kelajakda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, futbolchining shaxsiy hayotiga ortiqcha e’tibor qaratmaslik uchun bundan buyon vingerning xatti-harakatlariga e’tiborliroq bo‘lish niyatida.

Kiritildi: 18:54, 28.10.2025.
O'qildi: 2394 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик