Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Burkina-Fasoga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Burkina-Fasoga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -1

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi BAAdagi yig‘ini doirasida so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Islom Ismoilov shogirdlariga Burkina-Faso o‘smirlari raqiblik qildi. Bahs tomonlarning kelishuviga ko‘ra yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.

O‘yin yuqori sur’atda boshlandi. Biroq afrikalik futbolchilar ilk daqiqalardanyoq faol harakat qilib, 16-daqiqada Zalle Ismoil hisobni ochdi. 28-daqiqada Zongo Muhammad ikkinchi golni urdi va birinchi bo‘lim shunday natija bilan yakunlandi — 0:2.

Ikkinchi bo‘lim boshida Islom Ismoilov shogirdlari bir qator almashinuvlar amalga oshirishdi — Erimbetov va Abdumuminov o‘rniga Turg‘unov hamda Aliyev maydonga tushirildi.

60-daqiqada yana ikki o‘zgarish bo‘ldi: Habibullayev va Sodiqov o‘rniga Saidmurodov va Muradov o‘yinga qo‘shildi. Biroq 63-daqiqada Alassana Bagayogo jamoamiz darvozasiga uchinchi golni kiritdi.

76-daqiqada Anvarov o‘rnini Rustamov egalladi, ammo 83-daqiqada Zongo Muhammad dublini rasmiylashtirib, hisobni 0:4 ko‘rinishga keltirdi.

O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston U17 - Burkina-Faso U17 - 0:4
Gollar: Zalle Ismoil (16’), Zongo Muhammad (28’, 83’), Alassana Bagayogo (63’)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:48, 29.10.2025.
O'qildi: 4024 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик