Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Superliga. «Navbahor» – «Nasaf» (prevyu)

Superliga. «Navbahor» – «Nasaf» (prevyu)

Baho:
+ | -

«Navbahor» O‘zbekiston Superligasi 27-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur jamoalar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 57 marta ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 26 tasida «ajdarlar»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 14 ta uchrashuvda «lochinlar» g‘alaba qozonishgan, 17 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 85-69, «Nasaf» foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda «Nasaf» 95 ochkoni, «Navbahor» esa 59 ochkoni qo‘lga kiritgan.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 6:0 hisobi Namangan va Qarshida qayd etilgan.

«Navbahor» hamda «Nasaf» jamoalari bungacha Namanganda 28 marta kuch sinashgan. Mazkur bahslarning 9 tasida namanganliklar zafar quchishgan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 6 ta o‘yinda esa qarshiliklar g‘alaba qozonishgan.

Namanganda o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda «lochinlar» «Nasaf» darvozasini 43 marta ishg‘ol etishgan bo‘lsa, «ajdarlar» «Navbahor» darvozasiga 27 ta to‘p kiritishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Navbahor» – «Nasaf» uchrashuvi 30 oktyabr kuni Namangandagi «Markaziy» o‘yingohda soat 18:30 da boshlanadi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: @fcnavbahor
Kiritildi: 23:18, 29.10.2025.
O'qildi: 870 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик