Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Asadbek Jo‘raboyev: «Nasaf»ga qarshi o‘yinlar azaldan keskin kurashlar ostida kechgan»

Asadbek Jo‘raboyev: «Nasaf»ga qarshi o‘yinlar azaldan keskin kurashlar ostida kechgan»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida «lochinlar»ning 21 yoshli mahoratli hujumchisi Asadbek Jo‘raboyev bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bo‘lajak raqibimiz – «Nasaf» amaldagi mamlakat chempioni va joriy mavsumda ham o‘z unvonini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Shuningdek, «Navbahor»ning «ajdarlar»ga qarshi kechadigan uchrashuvlari azaldan keskin va murosasiz kurashlar ostida kechgan. Shu bois, bu safargi bahs ham bundan mustasno bo‘lmaydi, albatta.

O‘tgan o‘yinda imkoniyatni boy berib, muxlislarni ranjitib qo‘ydik. Shu bois, bo‘lajak uchrashuvda ishqibozlarga quvonch ulashish, g‘alaba qozonish niyatida maydonda tushib, buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Muxlislardan esa jamoamizni yolg‘izlatib qo‘ymasliklari, stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. Biz esa qo‘ldan kelganicha, ularning ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlarini ta’minlashga harakat qilamiz, — dedi Asadbek Jo‘raboyev.

Manba: @fcnavbahor
Kiritildi: 23:24, 29.10.2025.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик