Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

A seriyasi. «Yuventus», «Roma» va «Inter» 9-turda g‘alaba qozondi

A seriyasi. «Yuventus», «Roma» va «Inter» 9-turda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yin kecha oqshom bo‘lib o‘tdi.

«Yuventus» — «Udineze» 3:1
«Yuventus» Torino shahridagi «Alyans» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Udineze»ni mag‘lub etdi. Bu uchrashuv jamoa Igor Tudor bilan xayrlashganidan keyingi ilk o‘yin bo‘ldi. Turinliklarni vaqtinchalik Massimo Brambilla boshqardi.

Dushan Vlaxovich 5-daqiqada penaltini aniq amalga oshirib hisobni ochdi. 45+1-daqiqada Nikolo Dzanyolo hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda Federiko Gatti (67') va Kenan Yildiz (90+6', penalti) gollari «Yuventus»ga ishonchli g‘alabani ta’minladi.

Shu tariqa, turinliklar 15 ochko bilan jadvalda 6-o‘ringa ko‘tarildi. «Udineze» 12 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

«Roma» — «Parma» 2:1
Rimdagi «Olimpiko»da o‘tgan bellashuvda «Roma» «Parma»ni mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda Mario Ermoso 63-daqiqada hisobni ochdi, Artyom Dovbik 81-daqiqada jamoasining ustunligini mustahkamladi. 86-daqiqada Alessandro Chirkati bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

«Roma» 21 ochko bilan jadvalda 2-o‘rinda boryapti, «Parma» esa 7 ochko bilan 15-o‘rinda. Keyingi turda «Roma» 2 noyabr kuni mehmonda «Milan»ga qarshi o‘ynaydi, «Parma» esa «Bolonya»ni qabul qiladi.

«Inter» — «Fiorentina» 3:0
Milandagi «Juzeppe Meassa» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Inter» «Fiorentina»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

66-daqiqada Xakan Chalhanog‘lu hisobni ochdi, ortidan Petar Suchich (71') hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 86-daqiqada mehmonlar himoyachisi Mattia Viti ikkinchi sariq kartochkadan keyin maydondan chetlatildi. 88-daqiqada Chalhanog‘lu penaltini aniq ijro etib, dublini rasmiylashtirdi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Bu g‘alabadan keyin «Inter» 18 ochko bilan 3-o‘rinda, «Fiorentina» esa 4 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.

Italiya — A Seriyasi. 9-tur
29 oktyabr 2025 yil, chorshanba

Yuventus (Turin) — Udineze (Udine) 3:1
Gollar: Vlaxovich (5’, pen.), Dzanyolo (45+1’), Gatti (67’), Yildiz (90+6’, pen.)

Roma (Rim) — Parma (Parma) 2:1
Gollar: Ermoso (63’), Dovbik (81’), Chirkati (86’)

Inter (Milan) — Fiorentina (Florensiya) 3:0
Gollar: Chalhanog‘lu (66’, 88’, pen.), Suchich (71’)
Chetlatish: Viti (86’, «Fiorentina»)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:19, 30.10.2025.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик