Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Messining maoshi aytildi

Messining maoshi aytildi

Baho:
+1 | -

MLS futbolchilari assosiasiyasi saytida liganing barcha o‘yinchilarining 2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra maoshlari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Hujjatda ikkita ko‘rsatkich mavjud - joriy yillik bazaviy ish haqi va o‘rtacha yillik kafolatlangan ish haqi. Ikkinchi ko‘rsatkich bazaviy maoshni, shuningdek, amaldagi shartnoma muddati bo‘yicha taqsimlangan barcha obuna va kafolatlangan bonuslarni o‘z ichiga oladi.

MLSdagi eng katta maosh, albatta, "Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messiga tegishli. Uning asosiy ish haqi 12 million dollar, o‘rtacha yillik kafolatlangan ish haqi esa 20,447 million dollarni tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinda "Los-Anjeles" vakili Xyon Min Son 10,389 million dollar va 11,153 million dollar ko‘rsatkichlari bilan qayd etilgan.

Kuchli uchlikni Messining jamoadoshi, ya’ni Serxio Buskets yakunlab berdi - 8,5 million dollar va 8,775 million dollar.

Kiritildi: 09:25, 30.10.2025.
O'qildi: 4031 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик