Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun IV yoshlar yozgi Olimpiadasiga yo‘llanma uchun maydonga chiqadi

Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun IV yoshlar yozgi Olimpiadasiga yo‘llanma uchun maydonga chiqadi

Baho:
+ | -

Bahrayn Qirolligi mezbonlik qilayotgan III Osiyo o‘smirlar o‘yinlari nihoyasiga yetmoqda. Musobaqaning so‘nggi bosqichida barcha sport turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanmoqda.

Bugun sovrindorlarni aniqlash navbati futzal turiga yetib keldi — dastlab bronza medali egalari nomi ma’lum bo‘ladi, shundan so‘ng final uchrashuvi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da, 3-o‘rin uchun bahsda Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Yarim finalda tailandliklar Afg‘oniston jamoasiga 1:9 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Bronza medali uchun kurashda jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng. Kim himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatib, hujumda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalansa, o‘z maqsadiga erishadi.

O‘zbekiston o‘smirlariga bugungi bahsda omad va g‘alaba tilaymiz!

Eslatma: Osiyo o‘smirlar o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan jamoalar 2026 yilda Senegal poytaxti Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan IV Yoshlar Yozgi Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 09:31, 30.10.2025.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик