Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/12 00:45 Lechche 1-0 Piza
13/12 01:00 Real Sosyedad 1-2 Jirona
13/12 18:00 Atletiko - Valensiya
13/12 19:00 Torino - Cremonese
13/12 20:00 Chelsi - Everton
13/12 20:00 Liverpul - Brayton
13/12 20:15 Malyorka - Elche
13/12 22:00 Parma - Lasio
13/12 22:30 Byornli - Fulhem
13/12 22:30 Barselona - Osasuna
14/12 00:45 Atalanta - Kalyari
14/12 01:00 Arsenal - Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe - Espanyol
14/12 16:30 Milan - Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya - Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina - Verona
14/12 19:00 Udineze - Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend - Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem - Aston Villa
14/12 20:15 Selta - Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford - Lids
14/12 22:00 Jenoa - Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi yo‘qolgan iti uchun 20 ming dollar mukofot e’lon qildi

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi yo‘qolgan iti uchun 20 ming dollar mukofot e’lon qildi

Baho:
+ | -

“Aston Villa” va “Arsenal”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Meksikaning “Pumas” jamoasida to‘p surayotgan Aaron Remsi yo‘qolgan iti haqida ma’lumot bergan kishiga 20 ming dollar mukofot va’da qildi. Bu haqda futbolchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. Uning sevimli iti — Xeylo (beagle zotli) 9 oktyabr kuni bedarak yo‘qolgan.

Xabar berilishicha, Xeylo oy boshida Meksikaning San-Migel-de-Alende shahrida, Hipsterrier hayvonlar boshpanasi yaqinida g‘oyib bo‘lgan. Shundan buyon itning izidan hech qanday darak yo‘q. Remsi bu voqeadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda murojaat bilan chiqdi:

“Kameralar ishlamagan, guvohlar ham, izlar ham yo‘q. Biz shunchaki Xeylo bilan xayrlashmoqchimiz, ammo u tirikmi yoki yo‘qmi — bilmaymiz”, deb yozdi u.

Remsi Xeyloning qora-oq suratini “Seni yana bir bor bag‘rimga bosish uchun nima berishni ham bilmayman, Xeylo” degan so‘zlar bilan joylashtirdi.

Futbolchining rafiqasi Kolin ham itni izlash ishlarida faol ishtirok etmoqda:

“Men Xeylo shunchaki g‘oyib bo‘lganiga ishonmayman. Uni kimdir olib ketgan bo‘lishi mumkin. Iltimos, suratni tarqating. U tirik yoki yo‘qligidan qat’i nazar, topishimiz kerak. Mukofot bor. Agar ko‘rsangiz, iltimos, darhol bizga xabar bering”.

Xeylo Remsi oilasining a’zosi sifatida 10 yildan ortiq vaqt davomida ular bilan birga yashab kelgan. Ular bilan Angliya, Italiya va endi Meksikada hamrohlik qilgan. Remsining uch o‘g‘li — Sonni, Tomas va Teddi — itning yo‘qolishidan qattiq xafa ekanligi aytilmoqda.

Remsi hozir ham ijtimoiy tarmoqlarda Xeylo haqidagi surat va videolarni ulashib, ko‘ngillilar, hayvonlar boshpanalari hamda shaxsiy tergovchilar bilan birgalikda qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:17, 01.11.2025.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.