Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal"ning g‘alabali seriyasi 9 ta o‘yinga yetdi

"Arsenal"ning g‘alabali seriyasi 9 ta o‘yinga yetdi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning barcha musobaqalardagi g‘alabali seriyasi to‘qqizta o‘yinga yetdi.

Premyer-liganing 10-turida Mikel Arteta shogirdlari "Byornli"ni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. Ularning oldingi g‘alabalari: "Brayton" (2:0), "Kristal Pelas" (1:0), "Atletiko Madrid" (4:0), "Fulxem" (1:0), "Vest Xem" (2:0), "Olimpiakos" (2:0), "Nyukasl" (2:1) va "Port-Veyl" (2:0). To‘plar farqi 18:1.

Londonliklar joriy mavsumda 15 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan, avgust oxirida "Liverpul"ga yutqazgan, sentyabrda esa "Manchester Siti" bilan durang o‘ynagan.

4 noyabr kuni "Arsenal" Chempionlar ligasi doirasida Praganing "Slaviya" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 22:08, 01.11.2025.
O'qildi: 1278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик