Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Aleksandr Xomyakov: "O‘yinni qiyin o‘tishini bilardik"

Aleksandr Xomyakov: "O‘yinni qiyin o‘tishini bilardik"

Baho:
+ | -

"Andijon" - "Buxoro" (1:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

- O‘yinni yetarlicha og‘ir bo‘ldi, deyishim mumkin. Turnir jadvalidagi hozirgi vaziyat bizni harakat qilishga va ochko yig‘ishga majbur qilyapti. Dekabrdagi o‘tish o‘yinida qatnashmaslik uchun kerakli ochkolarni jamg‘arish lozim. Uchrashuvni qiyin bo‘lishini bilardik. Ayniqsa, ikki kun ichida qayta tiklanish oson bo‘lmasligini ham bilardik. Yigitlarni o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati, professionalizm va ishonchini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Futbolchilar tig‘iz grafik bo‘lishiga qaramasdan mas’luyatni his qilib o‘ynashmoqda. Biz yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Lekin g‘alabani saqlab qola olmadik. Baribir futbolchilardan mamnunman. Shu bilan birga alohida aytib o‘tishim kerakki, o‘zim uchun qadrdon bo‘lgan stadionga kelib, muxlislar qarshisida o‘ynash ajoyib his tuyg‘ularni taqdim qildi. Shu qatorda barchangizni shu yerda ko‘rib turganimdan xursandman. Muxlislarning krichalkalari, stadiondagi muhit - bularni barchasini ko‘rish yoqimli. Bunday muhit yorqin xotiralarni eslatadi. “Andijon” menga ona shahrimdek bo‘lib qolgan.

- O‘yindagi natijadan qoniqdingizmi?

- Yo‘q. Biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Bundan buyog‘iga har bir uchrashuvda yutishimiz kerak. Alam qiladigani, biz bugungi g‘alabani saqlab qola olmadik. Jamoamizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. “Andijon”ni darvozaboni yaxshi harakat qildi va jamoasini bir nechta gollardan saqlab qoldi. G‘alabani kutgandik. Yana qaytaraman: “Andijon” men uchun ona shahrimdek bo‘lib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Futbolchilar nima qilish kerak bo‘lsa, barchasini bajarishdi. Ularga rahmat.

- Kubok finalidan keyin futbolchilarda charchoq alomatlari bordek tuyuldi...

- Final bo‘lib o‘tganiga qancha bo‘ldi? Qisqa muddat ichida tikkalanish qiyin jarayon. Atigi endi ikki kun o‘tdi. Biz finalda katta kuch va katta xissiyot sarfladik. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Bunday uchrashuvlardan so‘ng jamoani qayta tiklanishi qiyin o‘tadi. Barcha ko‘rdi, finalda qancha jismoniy kuch sarfladik?! Qisqa muddat ichida tiklanish jarayonini to‘liq o‘tkazish juda qiyin. Shu sababli ham futbolchilarga rahmat aytaman.

- Hujumchilar - Amonov va Tabatadzeni zaxiraga olishingiz ularning o‘yinidan qoniqmaganingiz tufaylimi?

- Bir narsani to‘g‘ri tushunish kerakki, futbolchilar charchagan bo‘lishi mumkin. O‘ta mas’uliyatli o‘yindan keyin ular toliqishi tabiiy. Barchasini hisobga olib ularni almashtirdim. O‘rniga tezkor harakat qilishini o‘ylab yoshlarni tushirdik. O‘ylaymanki, bu almashuv yaxshi bo‘ldi, zaxiradan tushganlar o‘yinga tez kirishib ketdilar.

- “Andijon” klubini Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokini kuzatyapsizmi? Qanday fikrdasiz?

- Menimcha, yaxshi o‘ynashyapti. To‘g‘ri, hali gol urishmadi, biroq o‘z darvozasdian gol ham o‘tkazib yuborishmadi. Buni ham alohida ta’kidlash kerak. Oldinda yana o‘yinlar bor va yaxshi natijalar ko‘rsatish mumkin. Imkoniyat bor. Fikrimcha, hozircha yaxshi. Asosiysi, qo‘lni erta tushirmaslik kerak. Oldinda muhim o‘yin kutyapti. Ayrim o‘yinchilar bilan gaplashdim, ularni imkoniyatlari yaxshi. Barchamizni xursand qilish uchun yutishsa yaxshi bo‘lardi" - dedi Xomyakov.

Kiritildi: 22:52, 01.11.2025.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.