Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Superliga. «Neftchi» – «Surxon» uchrashuvi prevyusi bilan tanishing

Superliga. «Neftchi» – «Surxon» uchrashuvi prevyusi bilan tanishing

Baho:
+ | -

Superliganing 27-tur bahsida "Neftchi" Termizning "Surxon" klubini qabul qiladi.

Statistikaga nazar tashlaymiz. "Neftchi" jamoasi "Surxon" klubi bilan milliy chempionatimiz doirasida o‘zaro 31 marta to‘qnashgan bo‘lib, bundan 20 tasida farg‘onaliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 10 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va faqat bitta bellashuvda "Surxon" jamoasi g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.

"Neftchi"ning o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik g‘alabasi 5:0 ko‘rinishida qayd etilgan. Termizliklarning yagona g‘alabasi esa 1999 yilda 2:1 hisobi bilan yakun topgan. Umumiy to‘plar nisbati 72-23 farg‘onaliklar foydasiga.

Farg‘onada kechgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha

15.06.2024.
"Neftchi"-"Surxon" 1:1
22.10.2023.
"Neftchi"-"Surxon"  1:1
12.11.2022.
"Neftchi"-"Surxon"  3:0
19.06.2004.
"Neftchi"-"Surxon"  3:0
19.04.2003.
"Neftchi"-"Surxon"  2:0

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 27-tur doirasidagi "Neftchi"-"Surxon" bellashuvini G‘ayrat Jo‘rayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 15:00 da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:05, 02.11.2025.
O'qildi: 1149 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик