Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Barselona" Levandovskiga o‘rinbosar izlamoqda: Xarri Keyn kataloniyaliklarning transfer ro‘yxatida

"Barselona" Levandovskiga o‘rinbosar izlamoqda: Xarri Keyn kataloniyaliklarning transfer ro‘yxatida

Baho:
+ | -

«Barselona» Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keynning ehtimoliy transferi bo‘yicha ma’lumot to‘plamoqda.

Angliyalik futbolchi Ispaniyaga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ijobiy qaraydi, deb xabar berdi Sport.es.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli hujumchining shartnomasida 2026 yil yozida kuchga kiradigan 65 million yevroga teng bo‘lgan tovon puli bandi mavjud. «Ko‘k-anorranglilar» Keynni 37 yoshli Robert Levandovski o‘rniga olishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, transfer klubning moliyaviy ahvoliga bog‘liq bo‘ladi.

Keynga faqat «Barselona» emas, balki uni qayta olib kelmoqchi bo‘lgan sobiq jamoasi «Tottenxem» hamda Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 3 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 75 million yevroga teng.

Kiritildi: 18:57, 02.11.2025.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик