Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Bahrom Haydarov: «Bunchalik oson gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi»

Bahrom Haydarov: «Bunchalik oson gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi»

Baho:
+ | -

Superliganing 27-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Qo‘qon-1912" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Turnir jadvalida bir-biriga yaqin jamoalar to‘qnash kelishdi. O‘ylaymanki, teng o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoaga ham ochko juda zarur edi, shu bois maydonda ko‘p kurash bo‘ldi. Boshida o‘yinni yaxshi boshladik, nazorat qilayotgan edik. Bunchalik oson gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. Hisobda ortda qolishni boshlagach, jamoamizda asabiylik paydo bo‘ldi va oddiy vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmadi. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, Hasanovda, Dasida. Agar o‘sha vaziyatlardan foydalanganimizda o‘yin boshqacha bo‘lardi. Teng o‘yin bo‘ldi. "Mash’al"ni g‘alaba bilan tabriklayman", — dedi Bahrom Haydarov.
 
— Hakamlarga nisbatan ko‘p bor e’tiroz bildirdingiz. Aynan qaysi vaziyatlarga nisbatan e’tiroz bo‘ldi?
— O‘yin paytida baribir qizishib ketish bo‘ladi. Hasanov yiqilgan paytda penalti so‘radim. Hakam o‘z qarorini tushuntirdi va bizda boshqa e’tiroz bo‘lmadi. Oldimizda 3 ta o‘yin bor va nasib qilsa oldimizga qo‘yilgan vazifani bajaramiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 21:26, 02.11.2025.
O'qildi: 645 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик