Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Superliga. "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" 1:0 (videosharh)

Superliga. "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" 1:0 (videosharh)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 27-turi doirasida “Mash’al” o‘z maydonida "Qo‘qon-1912"ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Jamoalar bahs boshida ehtiyotkor o‘yin namoyish etishdi. 13-daqiqada “Mash’al” hisobni ochdi — Humoyun Murtazoyev bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Goldan keyin mezbonlar ustunlikni saqlab qolishga harakat qilishdi. Bunga qaramay, qo‘qonliklar ham javob hujumlarini yo‘lga qo‘yishdi. 19-daqiqada Andro Giorgadze uzoq masofadan kuchli zarba yo‘lladi, ammo darvozabon aniq harakat qildi. 24-daqiqada Hasanovning zarbasini ham darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi.

Birinchi bo‘lim davomida “Qo‘qon-1912” ko‘plab hujumlar uyushtirdi, ammo raqibning himoyasi qattiq va jips harakat qildi. Tanaffusga mezbonlar minimal ustunlik bilan yo‘l olishdi — 1:0.

49-daqiqada Haydarov raqib jarima maydonida yiqildi va hakam penalti belgiladi. Biroq VAR orqali holatni ko‘rib chiqqan hakam qarorni bekor qildi. Bu epizod bahsning burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin edi.

O‘yin oxirigacha jamoalar imkon qadar hujum tashkil qilishga urinishdi, ammo hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Mash’al” o‘z ochkolarini 26 taga yetkazib, jadvalda 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qo‘qon-1912” esa 29 ochko bilan 11-pog‘onani egallab turibdi.

Superliga, 27-tur
"Mash’al” — “Qo‘qon-1912” — 1:0
Gol: Humoyun Murtazoyev (13)

Kiritildi: 22:06, 02.11.2025.
O'qildi: 698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.