Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Stefano Pioli A Seriya klubidan haydalishga yaqin turibdi

Stefano Pioli A Seriya klubidan haydalishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

«Fiorentina» bosh murabbiyi Stefano Pioli yaqin soatlarda ishidan bo‘shatilishi mumkin. Yakshanba kuni «binafsharanglilar» o‘z maydonida «Lechche»ga 0:1 hisobida yutqazib, yana bir mag‘lubiyatni qayd etdi.

10 turdan so‘ng jamoa A Seriya jadvalida 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinlardan birini egallab turibdi va haligacha biror g‘alaba qozonmagan. Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Pioli ishdan bo‘shatilishga yaqin turibdi va uning iste’fosi yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

«Fiorentina» bosh murabbiyi lavozimiga ehtimoliy nomzodlar orasida Tyago Motta, Daniele De Rossi va boshqa mashhur mutaxassislar bor.

Eslatib o‘tamiz, Stefano Pioli jamoani joriy mavsum boshlanishidan oldin, iyul oyida qabul qilgan edi.

Kiritildi: 08:31, 03.11.2025.
O'qildi: 910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик