Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Neymar yaqin kunlarda tanlov amalga oshiradi

Neymar yaqin kunlarda tanlov amalga oshiradi

Baho:
+ | -

Braziliyalik yulduz Neymarning «Santos» bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabr oyi oxirida yakunlanadi.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, 33 yoshli hujumchi uchun ikki ehtimoliy yo‘nalish bor. Birinchisi — AQSHning «Inter Mayami» klubiga ko‘chib o‘tib, Lionel Messi va Luis Suares bilan qayta birlashish. Bu variant hanuz inkor etilmayapti.

Ikkinchi yo‘nalish — «Santos» bilan bitimni uzaytirish. Neymarning kelajagi borasidagi yakuniy qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy yil boshida vatanga qaytib, «Santos» bilan qisqa muddatli shartnoma imzolagan edi. U avval Yevropaga qaytishni rejalashtirgan, ammo kutilgan darajada o‘yin ko‘rsatmagani sababli, bitimni yana yarim yilga uzaytirgan edi.

Kiritildi: 08:48, 03.11.2025.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик