Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

U-17 JCH. O‘zbekistonning guruh bosqichidagi raqiblari haqida

U-17 JCH. O‘zbekistonning guruh bosqichidagi raqiblari haqida

Baho:
+ | -

Bugun Doha shahrida 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati start oladi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatlarida 4-bor ishtirok etmoqda. Jamoamiz 2011 (Meksika) va 2023 yilgi (Indoneziya) musobaqada chorak finalga qadar yetib borgan. 2013 yil Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tgan mundialda esa 1/8 final bosqichida ishtirokini yakunlagan.

Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz 2025 yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining "J" guruhida Paragvay, Irlandiya va Panama o‘smirlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Paragvay

Yo‘llanma: U-17 Janubiy Amerika chempionati — 5-o‘rin
Mundialdagi ishtirok: 5
Eng yaxshi natija: Chorak final (1999, 2019)
Murabbiy: Mariano Uglessich
E’tiborga loyiq o‘yinchi: Alan Ledesma

Ledesma U-17 Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda Paragvay jamoasining muhim o‘yinchisi bo‘ldi. Jamoa sardori sifatida u maydon markazida o‘yinni boshqaradi va kurashuvchanligi bilan ajralib turadi. U, shuningdek, U-17 Janubiy Amerika chempionatida Paragvay ikkita penalti seriyasida g‘alaba qozongan va ularda o‘z zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Panama

Yo‘llanma: KONKAKAF U-17 saralash bosqichi — guruh g‘olibi
Mundialdagi ishtirok: 3
Eng yaxshi natija: 1/8 final (2011)
Murabbiy: Leonardo Pipino
E’tiborga loyiq o‘yinchi: Estevis Lopes

Chap qanot hujumchisi — Lopes murabbiy Leonardo Pipinoning tizimida muhim o‘rin tutadi. U KONKAKAF U-17 saralash bosqichida Panamaning uchta golida qatnashgan, ijodkorligi hamda aniq va kuchli zarbasi bilan o‘yinni o‘z foydasiga o‘zgartira oladi. Hozirda u Panamaning "Costa del Este" klubidan "River Pleyt" yoshlar jamoasiga ijarada o‘ynamoqda.

Irlandiya

Yo‘llanma: UYEFA U-17 Yevropa chempionati final bosqichi qatnashchisi
Mundialdagi ishtiroklar: 0
Eng yaxshi natija: Yo‘q
Murabbiy: Kolin O‘Brayn
E’tiborga loyiq o‘yinchi: Jeyden Umeh

Tezkor, ijodkor va gol urishga moil hujumchi Umeh Portugaliyaning "Benfika" klubi safida to‘p tepadi. U 2024 yilda Portugaliyaga ko‘chib o‘tgan va Irlandiya bosh murabbiyi Kolin O'Braynning aytishicha, u "Benfika" akademiyasiga qo‘shilgach, o‘yini sezilarli darajada yaxshilangan. Umehning akasi Franko ham professional futbolchi bo‘lib, hozir Irlandiya U-21 terma jamoasida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27 noyabr kunlari Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi turnir doirasidagi ilk uchrashuvni 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:22, 03.11.2025.
O'qildi: 5498 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик