Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Sportchilarga sport pasportini berish tartibi qanday?

Sportchilarga sport pasportini berish tartibi qanday?

Baho:
+ | -

Sport pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega bo‘lgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

Sport pasporti cheklanmagan muddatga beriladi.

Sport pasportida quyidagilar ko‘rsatiladi:

— sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi;

— jinsi;

— tug‘ilgan sanasi;

— sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligi;

— tanlangan sport turi yoki sport turlari va sport turining tarmoqlari;

— sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

— sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur normalar hamda talablar bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

— sportchi tibbiy tekshiruvdan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi;

— sport musobaqalarida erishilgan natijalar;

— sportchining sport diskvalifikasiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

— davlat mukofotlari va boshqa shakldagi rag‘batlantirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

— trenerning familiyasi, ismi, otasining ismi;

— tanlangan sport turi yoki sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar.

Sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligi ularning o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida yoki sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga a’zoligi asosida aniqlanadi.

Sport pasportidan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

— bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o‘tishda;

— sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda;

— tibbiy tekshiruvdan o‘tishda;

— sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo‘lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;

— qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.

Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.

Kiritildi: 16:00, 03.11.2025.
O'qildi: 429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик