Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 1-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Enrike — «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan: «Ertaga g‘alaba qozonish juda muhim ahamiyatga ega»

Enrike — «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan: «Ertaga g‘alaba qozonish juda muhim ahamiyatga ega»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidagi «Bavariya»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi. Bellashuv 4 noyabr kuni «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Park de Prens»dagi muhit va muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlovi bilan biz raqib bosimiga dosh bera olamiz, deb ishonaman. Menimcha, bu o‘yin yozda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ularga qarshi o‘ynagan bahsga o‘xshaydi. O‘shandagi kabi keskin va qiziqarli bellashuv bo‘ladi.

Hozir aniqki, “Bavariya” juda kuchli jamoa — ular ketma-ket 15 ta g‘alabaga erishishdi, bu haqiqatan ham ajoyib natija. Biz uchun ertagagi g‘alaba faqat uch ochko uchun emas, balki butun musobaqada eng og‘ir qur’a tushgani uchun ham muhim. Shuning uchun uyda o‘ynayotganda muxlislarimiz yaratgan muhitdan foydalanib, g‘alabaga erishishga harakat qilishimiz zarur», — dedi Enrike klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Uchta o‘yindan so‘ng «PSJ» va «Bavariya» 9 tadan ochko jamg‘arib, jadvalning yuqori qismida joylashgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:26, 03.11.2025.
O'qildi: 1334 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик