Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Superliga so‘nggi turi va pley-off sanalari haqida

Superliga so‘nggi turi va pley-off sanalari haqida

Baho:
+ | -

Superliga 30-tur uchrashuvlari uchun sana belgilashda Liga quyidagi omillarni hisobga olishi lozim:

- “Andijon” klubining 26-noyabr kuni xalqaro musobaqa doirasida maydonga tushishi;

- 30-turda maksimum 4 ta uchrashuvda VAR texnikasidan foydalanish imkoniyati mavjudligi;

- 8 ta uchrashuv bir vaqtda start olsa, ularning barchasini teletranslyasiya qilish imkoniyati cheklanganligi.

Musobaqa o‘zining qizg‘in pallasiga kirib borayotganidan kelib chiqib, barcha uchrashuvlar sanasini hozirning o‘zidayoq e’lon qilish murakkab. Boisi, so‘nggi turda parallel o‘yinlar natijasiga bog‘liq bo‘lmagan bir yoki bir nechta uchrashuvni ajratib olish Ligaga nisbatan yengillik yaratishi mumkin. Biroq 8 ta uchrashuvdan aynan qay biri bunday maqomda bo‘lishi hozircha ma’lum emas.

“Superliga va Pro-liga reglamenti”dan kelib chiqib, Liga uchrashuvgacha eng kamida 20 kun vaqt qolguniga qadar uning joyi hamda sanasiga oydinlik kiritishi lozim. Mazkur band klublar yo‘l chiptalari hamda mehmonxonalarga buyurtma berishga ulgurishini hisobga olgan holda kiritilgan. So‘nggi turga e’tibor qaratilsa, ikki bellashuv bu borada nisbatan noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Shundan kelib chiqib, Liga ayrim masalalarga oydinlik kiritishni lozim deb topdi.

Har qanday holatda ham 30-turning asosiy uchrashuvlari 30-noyabr — yakshanba kuni o‘tkaziladi va bunda uchrashuvlar 15:00 da start oladi. Shundan kelib chiqib, “Neftchi” hamda “Surxon” klublari uzoq safar uchun yo‘l chiptalarini xarid qilishda mazkur sanani inobatga olishlari mumkin:

Superliga, 30-tur

30-noyabr, yakshanba

“Xorazm” — “Neftchi”

“Buxoro” — “Surxon”

Qolgan 6 uchrashuv mehmonlarida raqib maydoniga poyezd yoki samolyotsiz yetib olish imkoniyati nisbatan ko‘proq. Liga ulardan vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda 30-tur uchrashuvi rejasini ishlab chiqayotganda mazkur holatni inobatga olishni so‘radi. Har qanday holatda 30-turda yuqoridagi ikki uchrashuv natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan uchrashuvlar bir vaqtda start olishi ta’minlanadi.

Yana bir necha kun ichida yuqorida qayd etilgani bo‘yicha parallel o‘yinlarga ta’sir ko‘rsatmaydigan biror uchrashuv ajralib chiqsa, Liga o‘sha uchrashuvni 29-noyabr kuni tashkil etish masalasini ilgari surishi mumkin. Bunda uchrashuv davomida VAR texnikasidan foydalanish va uni teletranslyasiya qilish imkoniyati ortadi. Bu bilan 8 ta uchrashuvning nisbatan ko‘prog‘ida mazkur masala qamrab olinishi mumkin bo‘ladi.

Superliga so‘nggi turi va pley-off sanalari masalasi

Shuningdek, Superliga mavsumini 12, 13, 14 hamda 15-o‘rinda yakunlaydigan jamoalar pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi. Uning birinchi bosqichi reglamentda belgilanib qo‘yilgani kabi 12 hamda 13-o‘rindan joy olgan klublar maydonida bo‘lib o‘tadi. Quyida pley-off o‘yinlari sanalari keltirib o‘tilgan:

Pley-off

I bosqich

5-dekabr, juma

“Superliga-12” — “Superliga-15”

“Superliga-13” — “Superliga-14”

Pley-off

II bosqich

10-dekabr, chorshanba

Pley-off

III bosqich

14-dekabr, yakshanba

Klublar Superligani 15-o‘rinda yakunlagan jamoa pley-offning barcha o‘yinlarini safarda o‘tkazishini inobatga olishi lozim.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:33, 04.11.2025.
O'qildi: 1552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик