Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

"Arsenal" ikki asosiy futbolchisini noyabr oyi oxirigacha yo‘qotdi

"Arsenal" ikki asosiy futbolchisini noyabr oyi oxirigacha yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi noyabr oyidagi xalqaro tanaffus yakuniga qadar Viktor Dyokeresh va Gabriel Martinellini yo‘qotdi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, klub har ikki futbolchini 23 noyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi derbiga qaytarishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dyokeresh "Arsenal"ning shanba kungi "Byornli"ga (2:0) qarshi o‘yinida tanaffusda zaxiraga olingandi. Shved bu o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Martinelli undan oldinroq - bir yarim hafta oldin Londonning "Kristal Pelas" klubiga qarshi o‘yinda maydonni tark etgandi.

Seshanba kuni "Arsenal" Chempionlar ligasi doirasida safarda Praganing "Slaviya"siga qarshi, dam olish kunlari esa APL doirasida "Sanderlend" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 18:02, 04.11.2025.
O'qildi: 1372 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик