Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

O‘zbekiston FIFA reytingida 27-o‘rinda bormoqda

O‘zbekiston FIFA reytingida 27-o‘rinda bormoqda

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol federasiyalari uyushmasi – FIFA futzal bo‘yicha Jahon reytingini har oyning 20 sanasida yangilab boradi. 2025 yilning oktyabr oyiga ko‘ra reytingni hamon amaldagi Jahon chempioni – Braziliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Kuchli o‘ntalikdan Ispaniya, Argentina, Portugaliya, Rossiya, Eron, Qozog‘iston, Ukraina, Marokash hamda Italiya terma jamoalari o‘rin egallashgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bu ro‘yxatning 27-pog‘onasidan joy olgan.

Osiyo qit’asi mamlakatlari orasida Eron Islom Respublikasidan tashqari bizdan yuqorida borayotgan orasida Yaponiya (14) va Tailand (18) mamlakatlari terma jamoalari bor.

Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida esa Rossiya (5), Qozog‘iston (7), Ukraina (8), Gruziya (20), Belarus (22), Ozarbayjon (24) mamlakatlaridan keyin 7-o‘rinni egallab turibmiz. Endi KAFAga kiruvchi mamlakatlarning ko‘rsatkichlariga nazar tashlaymiz: Eron (6), O‘zbekiston (27), Qirg‘iziston (46), Tojikiston (57), Turkmaniston (68), Afg‘oniston (72).

Mazkur ko‘rsatkichlar noyabr oyida birmuncha o‘zgarishlarga uchrashi kutilmoqda.

Manba: https://t.me/komiljon_jumayev
Kiritildi: 13:35, 05.11.2025.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик