Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

U-17 JCH. O‘zbekiston musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi

U-17 JCH. O‘zbekiston musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

U-17 jahon chempionatida o‘z ishtirokini boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi ilk bahsini g‘alaba bilan yakunladi. Yigitlarimiz guruh bosqichining birinchi turida Paragvay termasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar qozonishdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oldi va boshidanoq o‘zbek yoshlari faol o‘yin namoyish etishdi. Birinchi bo‘limning 25-daqiqasida terma jamoamizning yetakchi hujumchisi Azizbek Abdumo‘minov hisobni ochdi — u olis masofadan raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Tanaffus arafasida, 45+1-daqiqada shu o‘sha Abdumo‘minov yana bir bor sahna markaziga chiqdi. Qanotdan yetkazib berilgan to‘pni Azizbek raqib jarima maydoni ichidan darvozaga joylab qo‘ydi hamda dubl muallifiga aylandi. Bu goldan keyin yigitlarimiz ruhan ustunlikni qo‘lga kiritishdi va birinchi bo‘limni 2:0 hisobida yakunlashdi.

Ikkinchi bo‘limda Islom Ismoilov shogirdlari o‘z hisobdan kelib chiqib, taktik jihatdan to‘g‘ri harakat qilishdi. Shuga qaramay, 89-daqiqada Paragvay jamoasi penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi — Alan Ledesma aniq zarba berdi. Biroq bu gol bahs natijasiga ta’sir qilmadi — uchrashuv O‘zbekistonning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘zbekiston keyingi bahsni 8 noyabr kuni Irlandiyaga qarshi o‘tkazadi. Yevropaliklar bugun Panamani 5:1 hisobida mag‘lub etib, guruh peshqadami bo‘lib olishdi.

U-17 JCH. "J" guruhi, 1-tur
Paragvay — O‘zbekiston 1:2
Gollar: Ledesma (89’, pen.) — Abdumo‘minov (25’, 45+1’)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:19, 05.11.2025.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.