Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

FIFA "Tinchlik mukofoti – Futbol dunyoni birlashtiradi" mukofoti ta’sis etilganini e’lon qildi

FIFA "Tinchlik mukofoti – Futbol dunyoni birlashtiradi" mukofoti ta’sis etilganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

FIFA "FIFA Tinchlik mukofoti – Futbol dunyoni birlashtiradi" mukofoti ta’sis etilganini e’lon qildi.

"Mukofot tinchlik xizmatida beqiyos va ajoyib yutuqlarga erishgan va bu bilan butun dunyo xalqlarini birlashtirgan shaxslarni taqdirlash uchun yaratilgan".

"FIFA Tinchlik mukofoti – Futbol dunyoni birlashtiradi" mukofoti butun dunyodagi barcha futbol ishqibozlari – besh milliarddan ortiq kishi nomidan topshiriladi. Bu shaxslar futboldagi va futbol uchun kundalik harakatlari orqali qizlar va o‘g‘il bolalarni, ayollar va erkaklarni ishtiyoq, quvonch, umid va baxt bilan birlashtirgan FIFAning "Futbol dunyoni birlashtiradi" shiorini amalga oshirishga hissa qo‘shadilar. Shuning uchun alohida yutuq uchun maxsus mukofot berilishi maqsadga muvofiqdir.

Mukofot o‘zining sodiq fidoyiligi va ajoyib harakatlari bilan butun dunyo xalqlarini tinchlik uchun birlashtirishga yordam bergan va shuning uchun alohida va noyob e’tirofga loyiq shaxslarga topshiriladi. Ushbu mukofot har yili topshiriladi. Dastlabki sovrinni FIFA prezidenti Janni Infantino 2025 yil 5 dekabr, juma kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati yakuniy qur’a tashlash marosimida topshiradi", — deyiladi FIFA bayonotida.

"Borgan sari beqaror va bo‘linib borayotgan dunyoda mojarolarga barham berish va odamlarni tinchlik ruhida birlashtirish uchun tinimsiz mehnat qilayotganlarning ulkan hissasini e’tirof etish juda muhim. Futbol tinchlik tarafdori va butun jahon futbol jamoatchiligi nomidan FIFA Tinchlik mukofoti "Futbol butun dunyoni birlashtiradi”, FIFA prezidentining kelajak avlodiga birlashtirgan ulkan sa’y-harakatlarini qadrlaydi". - dedi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, Infantino avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytgan edi.

Kiritildi: 21:55, 05.11.2025.
O'qildi: 756 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.