Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/06 02:00 Fransiya 3-0 Iroq
23/06 05:00 Norvegiya 3-2 Senegal
23/06 08:00 Iordaniya 1-2 Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya 5-0 O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya 0-0 Gana
24/06 04:00 Panama 0-1 Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya 1-0 Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar
25/06 03:00 Shotlandiya - Braziliya
25/06 03:00 Marokash - Gaiti
25/06 06:00 Chexiya - Meksika
25/06 06:00 JAR - Janubiy Koreya

«Nasaf» rahbariyati jamoa muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi

«Nasaf» rahbariyati jamoa muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Bugun «Nasaf» futbol klubi direktori Alisher Yusupov boshchiligidagi klub rahbariyati jamoamizning bir guruh faol muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Alisher Ismoilovich jamoamizni har qanday vaziyatda ham qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha muxlislarga o‘z minnatdorligini bildirdi. Shuningdek, yaqinda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jamoamizning sodiq muxlislaridan biri vafot etgani qayg‘u bilan esga olindi. Ushbu holat safar vaqtida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishkerakligini yana bir bor eslatdi.

Klub tomonidan har doim muxlislarning safar o‘yinlariga xavfsiz borib-kelishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Uchrashuvda uzoq masofalardagi safarlarda muxlislarning dam olishi, sergaklikni yo‘qotmasligi va tartib-intizomga rioya etish muhimligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, klub rahbari boshqa jamoalar muxlislari bilan do‘stona munosabatda bo‘lish va sog‘lom raqobat muhitini saqlab qolish lozimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 23:31, 05.11.2025.
O'qildi: 1208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик