Madridning "Atletiko" klubi "Chelsi" chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyaga qiziqish bildirmoqda.
Marca xabariga ko‘ra, "matraschilar" hozircha ispaniyalik futbolchining vaziyatini faqat kuzatishmoqda. Kukurelya klubning uzoq muddatli transfer rejalariga kiritilgan.
Markning "aristokratlar" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.













