Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

«Barselona» va «Milan» hujumchilarni almashtirishi mumkin

«Barselona» va «Milan» hujumchilarni almashtirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Rafael Leau faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. ElNacional.cat nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Kataloniya klubiga shu yozda portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash taklif qilingan.

«Rossonerilar» o‘z hujumchisini Ferran Torresga almashtirish variantini ko‘rib chiqishga tayyorlar. Milan klubida ispaniyalik futbolchining universalligi yuqori baholanmoqda.

Joriy mavsumda Rafael Leau «Milan» safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Ferran Torres esa joriy mavsumda «Barselona» uchun 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 20:13, 15.04.2026.
O'qildi: 1417 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик