Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mareska "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominasiyasiga kirganiga kamtarona munosabat bildirdi

Mareska "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominasiyasiga kirganiga kamtarona munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Enso Mareska FIFAning "The best" mukofoti doirasida "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominasiyasiga nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. Juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "Chelsi" bosh murabbiyi ushbu nominasiyaga loyiq ko‘rilgani haqida fikr bildirdi.

"Men juda baxtliman, bu yoqimli lahza. Ammo bularning barchasi futbolchilar tufayli - axir oxir-oqibat aynan ular maydonga tushadi. Nomzodlar orasida bo‘lish yoqimli, lekin hammasi futbolchilarga bog‘liq. Aynan ular o‘ynashadi", - dedi Mareska jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, yozda "Chelsi" 32 jamoa bilan kengaytirilgan formatdagi ilk klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi.

Kiritildi: 18:42, 07.11.2025.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик