Maurisio Pochettino kelajakda APLdagi faoliyatiga qaytish istagini bildirdi.
"Premyer-liga - dunyodagi eng yaxshi liga. Albatta, uni sog‘indim. AQSHda juda baxtliman, lekin bir kun kelib Premyer-ligaga qaytaman deb o‘ylayman. Bu eng yuqori darajadagi raqobatbardoshlikka ega liga.
O‘ylashimcha, biz "Tottenxem" bilan top sovrinni qo‘lga kiritishga juda yaqin edik, unga deyarli tegindik. Men aynan shunga erishishni istardim", - dedi AQSH terma jamoasi ustozi.













