Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Saudiya chempionati. «An-Nasr» «Neom»ni mag‘lub etdi, Ronaldu penaltidan gol urdi (videosharh)

Saudiya chempionati. «An-Nasr» «Neom»ni mag‘lub etdi, Ronaldu penaltidan gol urdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 8-turidan o‘rin olgan «Neom» – «An-Nasr» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv Tabuk shahridagi «King Xalid Sports Siti» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mehmon jamoa 3:1 hisobi bilan g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni 47-daqiqada mehmonlar hujumchisi Gabriel Anjelo ochdi. 56-daqiqada «Neom» forvardi Lusiano Rodriges qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi.

65-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan aniq zarba berib, hisobni oshirdi — bu uning faoliyatidagi 953-gol bo‘ldi. 84-daqiqada maydon egalari forvardi Axmed Abdu Jaber hisobni qisqartirdi, ammo oradan ikki daqiqa o‘tib Joau Feliks yakuniy hisobni o‘rnatdi — 1:3.

8-turdan keyin «An-Nasr» 24 ochko bilan Saudiya chempionati jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. «Neom» esa 13 ochko bilan yettinchi o‘rinda qoldi.

Saudiya Arabistoni — Pro-liga. 8-tur
8 noyabr 2025 yil, shanba. 18:50
Neom — An-Nasr 1:3
Gollar: 0:1 — Anjelo (47'), 0:2 — Ronaldu (65', penalti), 1:2 — Abdu Jaber (84')
1:3 — Feliks (86')
Chetlatish: Rodriges (56') — yo‘q

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:37, 08.11.2025.
O'qildi: 1575 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик