Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Islom birdamlik o‘yinlari. Futzal. O‘zbekiston yarim finalda Eronga qarshi maydonga chiqadi

Islom birdamlik o‘yinlari. Futzal. O‘zbekiston yarim finalda Eronga qarshi maydonga chiqadi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlari doirasidagi futzal musobaqalari hal qiluvchi bosqichga yetdi. Bugun guruh bosqichi bahslari yakunlanib, yarim finalga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi dastlabki ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, muddatidan oldin yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Nodir Eliboyev shogirdlari guruhdagi uchinchi bahsda ham irodali o‘yin namoyish etishdi. Liviya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 0:2 hisobida ortda borayotgan bir paytda jamoamiz sardori Mashrab Odilov hisobni qisqartirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Muhammadali Husanboyev ikkinchi golni kiritib, jamoamizga navbatdagi ochkoni taqdim etdi – 2:2.

Hozirgina guruhning so‘nggi uchrashuvida musobaqa mezbonlari – Saudiya Arabistoni terma jamoasi 2017 yilgi Islom birdamligi o‘yinlari mezboni – Ozarbayjon ustidan g‘alaba qozonib (5:0), «A» guruhidan yarim finalga ikkinchi yo‘llanmani rasmiylashtirdi.

«B» guruhida esa kutilmagan natijalar qayd etilmadi. Marokash terma jamoasi Afg‘onistonni 4:0 hisobida dog‘da qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Eron esa Tojikiston ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa, yarim final juftliklari quyidagicha shakllandi:

9 noyabr, soat 18:00 — O‘zbekiston – Eron
9 noyabr, soat 21:00 — Marokash – Saudiya Arabistoni

Bir kunlik tanaffusdan so‘ng, 11 noyabr kuni VI Islom birdamligi o‘yinlarining g‘olib va sovrindor jamoalari nomi ma’lum bo‘ladi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 23:02, 08.11.2025.
O'qildi: 1209 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик