"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining yordamchisi Pepeyne Leynders haqida gapirdi.
Niderlandiyalik mutaxassis uzoq vaqt davomida "Liverpul"da Yurgen Kloppning yordamchisi bo‘lib ishlagan va bu yozda u "Siti" murabbiylar shtabida shunga o‘xshash lavozimni egallagan.
"U bilan ishlash yoqimli, men ko‘p narsani o‘rganyapman. Men o‘zimni yaxshiroq murabbiyga aylanayotgandek his qilyapman. Albatta, u "Liverpul" futbolchilarining fazilatlarini juda yaxshi biladi.
Biroq, "Liverpul" Arne Slot qo‘l ostida biroz boshqacha o‘ynaydi. Ular endi Kloppning jamoasi emas", dedi Gvardiola o‘yindan oldin.













