Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Levandovski "Barselona" safidagi xet-trikdan so‘ng intervyu berdi

Levandovski "Barselona" safidagi xet-trikdan so‘ng intervyu berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Selta"ga (4:2) qarshi o‘yin yakunida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

37 yoshli polshalik uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, bahs qahramoniga aylandi. Aynan u uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"G‘alabadan juda mamnunmiz. "Selta" stadionida o‘ynash har doim qiyin. Birinchi bo‘limda raqiblarga ikkita oddiy gol urishga imkon berdik, ammo tanaffusdan keyin vaziyatni nazorat qildik.

Ikkinchi bo‘limda Flik zaxiraga olinishni xohlaysanmi, deb so‘radi, lekin men hammasi joyida, deb javob berdim. Yaqinda jarohatdan tiklandim - hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman," - deya "ko‘k-anorranglilar" forvardining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Robert Levandovski hisobida La Liganing joriy mavsumida kiritilgan yettita gol bor. U faqat Kilian Mbappedan (13ta) ortda.

Kiritildi: 07:48, 10.11.2025.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик