Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Maksim Shaskix: "Bizning kunimiz emas ekan"

Maksim Shaskix: "Bizning kunimiz emas ekan"

Baho:
+ | -

"Qizilqum" - "Andijon" (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix ishtirok etdi.

- Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik, ikkinchisi unchalik emas. Bunday natija bo‘lmasligi uchun o‘yinni birinchi bo‘limda hal qilib qo‘yish kerak edi.

- Siz 4 ta himoyachi va 1 hujumchi bilan o‘ynadingiz. "Qizilqum"da esa 3 ta hujumchi va 2 ta himoyachi bilan o‘ynadi. To‘p bilan muomala vaqti "Andijon"da ko‘proq, lekin darvozaga zarbalar kam. Nimaga bunchalik himoyaviy variant tanlayapsiz? Qolaversa, himoyachilar xato qilyapti.

- Qaysi himoyachilar?

- Birinchi golni nazarda tutyapman.

- Raqib jamoa umumiy hisobda uch marotaba bizning darvozamiz tomon o‘tyapti-da ikkita gol urmoqda, tushunarsiz. Yana bir bor aytaman, bu o‘yinni birinchi bo‘limda hal qilishimiz kerak edi. Shunda hech nima bo‘lmasdi. Kuchsiz jamoaligini ko‘rmadim. Biz o‘z darajalarimizni namoyish etdik, balki qandaydir motivasiya bo‘lmagandir. Yo‘limiz ham yaqin emas. Birinchi bo‘limda ustunlik qilganimizda masalani hal qilishimiz lozim edi. Raqib hech nima yaratmadi. Hammasi bizning nazoratimizda edi. Butun 90 daqiqa davomida uch marta hujumga o‘tib, ikkita gol urmoqda. Bu - futbol. Himoyadagi indvidual xato, nima ham qila olamiz?!

- Uzoq yil Yevropa futbolida o‘ynagansiz. Bizni futbolni Yevropa darajasiga olib chiqish uchun nima qilish kerak? Bizga nima yetishmaydi?

- Bu juda uzun savol, bir og‘iz so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Men futbolchilarga doim aytaman: ularni qanday futbolchi ekanliklarini, Chempionlar ligasida, terma jamoalarda o‘ynashni xohlasa, ulardan nima farqi bor. Ularda ham ikki oyoq, ikki qo‘li bor. Faqat muomala boshqacha. Har kuni mehnat va harakat qilish kerak. Shunda biz o‘samiz. Bugun men futbolchilarni ayblamayman. Raqib ikki-uch marta hujumga o‘tib, ikkita gol uryapti, tushunarsiz rekoshet bo‘lyapti. Kulguli. Darvozabon jarohat oldi, ikkinchi darvozabon ham shunday bo‘lyapti. Bugun hammasi bizga qarshi, ha, bizning kunimiz emas ekan.

Kiritildi: 08:53, 10.11.2025.
O'qildi: 450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.