Kirish Ro'yxatdan o'tish

45 million yevroga sotib olingan futbolchi Mareskaga kerak emas

45 million yevroga sotib olingan futbolchi Mareskaga kerak emas

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi katta ehtimol bilan mavsum oxirigacha klubda qolmaydi. Fransuz joriy mavsumda "ko‘klar" safida biror marta ham maydonga tushmadi - uni jamoa bosh murabbiyi Enso Mareska jamoadan chetlatdi.

Jurnalist Santi Auna xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi yanvar oyida, qishki transferlar oynasi ochilganda klubni tark etishi kerak. Londonliklar ustozi futbolchini asosiy jamoaga qaytarishni rejalashtirmayapti.

Aksel Disasining Transfermarkt portalidagi narxi - 18 mln yevro. 2023 yilning yozida "Chelsi" transfer uchun 45 mln yevro to‘lab, "Monako"dan markaziy himoyachini sotib oldi.

London grandi Premyer-liganing 11-turidan keyin turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 12:39, 10.11.2025.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик