Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kuboning "Tottenxem"ga o‘tishi "Real"ga katta daromad olib keladi

Kuboning "Tottenxem"ga o‘tishi "Real"ga katta daromad olib keladi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" "Real Sosyedad" hujumkor yarim himoyachisi Takefusa Kuboga da’vogarlik qilmoqda. 24 yoshli futbolchining transferi "shporlar"ga 60 mln yevroga tushishi mumkin. Defensa Central nashrining ta’kidlashicha, agar transfer amalga oshsa, Madridning "Real" klubi 30 mln yevro ishlab oladi. "Qirollik klubi" 2022 yilda yaponiyalik futbolchini sotar ekan, kelgusida futbolchini qayta sotishning 50 foizini kelishuvga qo‘shgan edi.

Takefusa Kubo joriy mavsum "Real Sosyedad" safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Ilgari bask klubi yulduziga Londonning "Arsenal", "Everton", "Atletiko", "Milan" va boshqa klublar qiziqish bildirgan edi.

Kiritildi: 13:41, 10.11.2025.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик