Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola Xolandning "Manchester Siti"ni tark etish istagidan norozi

Gvardiola Xolandning "Manchester Siti"ni tark etish istagidan norozi

Baho:
+3 | -

"Manchester Siti"ning norvegiyalik forvardi Erling Xoland yaqin kelajakda klubini o‘zgartirishi mumkin.

Defensa Central xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Xolandning klubni tark etish va Madridning "Real" klubiga o‘tish istagi kuchayib borayotganidan norozi.

Manbaga ko‘ra, Gvardiola hatto Xolandning yangi shartnomasiga tovon puli haqidagi bandni kiritishga qaror qilgani uchun rahbariyat bilan ziddiyatga borgan.

"Shaharliklar" hujumchini 2022 yilda sotib olgandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

25 yoshli Xolanning "Manchester Siti" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 180 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:40, 10.11.2025.
O'qildi: 3385 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик