"Barselona" kecha La Liga 12-turida safarda "Selta"ni mag‘lub etdi - 4:2.
O‘yindan oldin kataloniyaliklar asosiy tarkibidan tayanch yarim himoyachisi Mark Kasado o‘rin olgan edi, biroq u son sohasidan og‘riq sezgani tufayli zaxirada qoldirildi. Dani Olmo uning o‘rniga asosiy tarkibda maydonga tushdi.
22 yoshli Kasado bugun klub bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.













