“Manchester Yunayted” va “Everton”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi joriy mavsumdagi Angliya premyer-ligasining eng yaxshi transferini kim bo‘lganini aytdi.
“Ko‘pchilikda shubha bor edi — Jaka APLga qaytgach, yuqori darajada o‘ynay oladimi, deb. Ayniqsa, u elitaga yangidan qaytgan jamoaga o‘tdi. Ammo hozir aniq ayta olaman: u mavsumning eng yaxshi transferi. Granit juda a’lo o‘yin ko‘rsatmoqda,” — deya Runining so‘zlarini keltiradi Goal nashri.
33 yoshli yarimhimoyachi yozda Leverkuzenning “Bayer” klubidan “Sanderlend”ga 15 million yevroga o‘tgan va yangi jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan edi.













