Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Romano Levandovskining "Barselona"dagi vaziyati bo‘yicha ma’lumot berdi

Romano Levandovskining "Barselona"dagi vaziyati bo‘yicha ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Italiyalik mashhur insayder Fabrisio Romano "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskining klubdagi kelajagi haqida fikrlarini bildirdi.

"Yanvarda hech narsa sodir bo‘lmaydi, Levandovski "Barcelona"ni tark etishni mutlaqo rejalashtirmagan. Hech narsa o‘zgarmaydi. U mavsumni to‘liq "Barsa" bilan yakunlaydi.

Ammo, menga kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, yozda uning ketish ehtimoli juda yuqori. Bu real va aniq variant.

Hozircha ular o‘rtasida rasmiy muzokaralar yo‘q, Levandovski ham klubga ketmoqchiligini aytmagan, "Barcelona" ham unga ketishi kerakligini bildirmagan", - dedi Romano o‘z podkastida.

37 yoshli polyak 2022 yildan buyon "ko‘k-anorranglilar" futbolchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:23, 11.11.2025.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик