Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Futzal. O‘zbekiston — Islom Birdamligi o‘yinlari bronza medali sovrindori!

Futzal. O‘zbekiston — Islom Birdamligi o‘yinlari bronza medali sovrindori!

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni poytaxti — Ar Riyodda o‘tayotgan VI Islom Birdamligi o‘yinlarida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bronza medali uchun mezbonlar — Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazilgan qiyin uchrashuvda g‘alaba qozonib, shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Maydon egalari bilan bo‘ladigan ikkinchi uchrashuv og‘ir kechishi oldindan taxmin qilingandi. Zero, “mezbonlarga devorlar ham yordam beradi”, degan ibora futbolda bejizga paydo bo‘lmagan. Qolaversa, saudiyalik futzalchilar guruh bosqichining dastlabki o‘yinida Nodir Eliboyev shogirdlariga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berganlaridan so‘ng, keyingi uchrashuvlarini juda uyushqoqlik bilan o‘tkazishdi. Avvaliga Liviyani, so‘ngra Ozarbayjon terma jamoalarini dogda qoldirib, yarim finalga chiqishdi.

Mezbonlarga qarshi yarim final bahsida Marokash ham ancha qiynaldi. Shunday bo‘lsa-da, tajriba va mahorat ikkinchi taymda o‘z so‘zini aytib, afrikaliklar finalga yo‘llanma olishdi. Saudiya Arabistoni esa 3-o‘rin uchun bahsda O‘zbekistonga qarshi katta tayyorgarlik bilan maydonga tushdi. Garchi mahorat borasida terma jamoamiz ustunlikka ega bo‘lsa-da, aynan ishtiyoq va shijoat mezbonlarga o‘yinni tengma-teng olib borishlariga sabab bo‘ldi. Buning ustiga, hamyurtlarimizda Eronga qarshi o‘yindan keyin biroz charchoq sezildi. Aks holda Elbek To‘lqinov, Muzaffar Ahadjonov, Ixtiyor Ropiyev, Akbar Usmonov va Mashrab Odilovlar o‘zlariga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘yin vaqtidayoq g‘alabani ta’minlab qo‘yishlari mumkin edi.

Shuningdek, darvozabonimiz Shavkat Ibragimovning ishonchli o‘yinini alohida ta’kidlash joiz. Bir qator xavfli vaziyatlarda Shavkatning dadil harakatlari darvozamizni gollardan saqlab qoldi. U gol o‘tkazib yuborganida esa milliy chempionatimiz to‘purari Elbek To‘lqinov sahnaga ko‘tarildi. Oldingi uchta o‘yinda muvaffaqiyat qozonmagan Elbekning bronza uchun kechgan bahsdagi yagona go‘li oltinga teng bo‘ldi.

Uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida omad O‘zbekiston terma jamoasi tomonida bo‘ldi. Abbos Elmurodov nafaqat o‘zi gol urdi, balki raqib zarbalarini qaytarib, chiroyli g‘alabamizga munosib hissa qo‘shdi.

Mazkur yutuq, shubhasiz, O‘zbekiston terma jamoasi uchun foydali bo‘ladi. Zero, oldinda milliy terma jamoamizni Osiyo Kubogining final bosqichi kutmoqda. Yanvar oyining oxiri va fevral oyining boshlarida Indoneziya maydonlarida o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan Islom Birdamligi o‘yinlari Nodir Eliboyev va uning shogirdlari uchun muhim “sinov-ko‘rik” vazifasini o‘tab berdi.

Musulmon mamlakatlarining o‘ziga xos Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgan yigitlarimizni, ularni g‘oyibona qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimizni va yurtdoshlarimizni ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

G‘alaba muborak, O‘zbekiston!

VI Islom Birdamligi o‘yinlari
3-o‘rin uchun o‘yin. 11 noyabr 2025 yil
SAUDIYA ARABISTONI – O‘ZBEKISTON – 1:1
Penaltilar seriyasi — 5:6
Gollar: 1:0 — Navaf Muborak Aroan (32'), 1:1 — Elbek To‘lqinov (33')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:49, 11.11.2025.
O'qildi: 1251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик