Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Gvardiola o‘rniga 3 nafar nomzod ma’lum

Gvardiola o‘rniga 3 nafar nomzod ma’lum

Baho:
+1 | -1

Xosep Gvardiola kelasi yili "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Shartnoma mutaxassisni 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha "shaharliklar" bilan bog‘lab turadi, ammo kelasi yoz Gvardiolaning ketishi uchun ayni mos vaqt bo‘lishi mumkin, chunki tarkib shakllangan va Xosep o‘n yillik faoliyati davomida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

The Times nashrining yozishicha, Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etgan taqdirda yangi murabbiy tanlash bo‘yicha maslahat berishga tayyor bo‘ladi, biroq qarorni direktorlar kengashi qabul qiladi.

Manbaga ko‘ra, hozirda "Bavariya"da o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatayotgan Vensan Kompani klub ichida katta qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bilan birga, "Manchester Siti"ning sobiq sardori yaqinda Myunxendagi shartnomasini 2029 yilning yarmigacha uzaytirdi.

Shuningdek, klubda "Marsel" ustozi Roberto de Dzerbining muxlislari ham bor. "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola ham "shaharliklar" e’tiborida.

Kiritildi: 17:14, 12.11.2025.
O'qildi: 5449 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик