Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Barselona" prezidenti Yamal bo‘yicha e’tirozlarga javob qaytardi

"Barselona" prezidenti Yamal bo‘yicha e’tirozlarga javob qaytardi

Baho:
+2 | -

Lamin Yamal chov sohasidagi muammolar tufayli davolanishga muhtoj bo‘lgani uchun Ispaniya terma jamoasi qaydnomasidan chetlatildi. Federasiya va terma jamoa "Barselona" Yamalning davolanishi haqida o‘z vaqtida xabar bermaganidan norozi bo‘ldi. Kataloniya klubi rahbari Joan Laporta ushbu e’tirozlarga javob qaytardi.

"Yamalni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokor xulosasini olganimizda federasiyaga xabar berdik. Shifokorlarimiz ma’lumotni darhol federasiya shifokorlariga yetkazishdi. Biz hech qanday tortishuvni xohlamaymiz.

Mutaxassis dushanba kuni keldi, tashxis qo‘ydi, davolanishni buyurdi. "Barselona" Yamalning eng yaxshi formada bo‘lishini istamoqda. Bu terma jamoa o‘yinlari vaqtiga to‘g‘ri keldi, ammo jamoa shundoq ham Yamalsiz ham saralashda ishonchli harakat qilmoqda," - dedi Laporta Catalunya Radio nashriga.

"Barselona" La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 17:29, 12.11.2025.
O'qildi: 1243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик