Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

“CHelsi” “Real” sobiq futbolchisini sotib olmoqchi

“CHelsi” “Real” sobiq futbolchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubi “Komo” yarim himoyachisi Niko Pasni transfer qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

21 yoshli argentinalik futbolchining qiymati yaqin yillar ichida 100 million yevroga yetishi taxmin qilinmoqda. Mazkur holat ortidan londonliklar Pasni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

Ammo Pasni transfer qilish jarayonida Madridning “Real” klubi muammo tug‘dirishi yoki to‘sqinlik qilishi mumkin, chunki futbolchi aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Qirollik klubi” yarim himoyachini 2026-yilda 9 million yevro, 2027-yilda esa 10 million yevro evaziga sotib olish huquqiga ega. Shuningdek, “Inter” klubi argentinalikka 58 million yevrolik taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.

Shuningdek, futbolchining atrofidagi vaziyatini “Arsenal” hamda “Tottenhem” ham jiddiy qiziqish bilan kuzatmoqda. “Shporlar” yozgi transfer oynasi paytida Nikoga taklif jo‘natgan edi, ammo “Komo” rahbariyati London klubining taklifini rad etgan.

Joriy mavsumda Pas barcha musobaqalar doirasida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:36, 12.11.2025.
O'qildi: 1765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик