Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Ronalduning so‘nggi jahon chempionati haqida gapirdi

Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Ronalduning so‘nggi jahon chempionati haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bo‘lajak jahon chempionati faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladigan Krishtianu Ronaldu haqidagi savolga javob berdi.

Mundial 2026 yilning yozida AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. O‘shanda "Al-Nasr"ning yulduzli hujumchisi 41 yoshga to‘ladi. Futbolchining o‘zi ham yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati uning uchun so‘nggisi bo‘lishini ta’kidladi.

"Men buning uchun qo‘shimcha mas’uliyat his qilyapmanmi? Hozir Irlandiya va Armaniston bilan o‘yinlarga e’tibor qaratyapmiz. G‘alaba qozonib, JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak. Bundan tashqari, Ronaldu uchun nafaqat so‘nggi jahon chempionati, balki u faoliyati davomida ishtirok etgan barcha mundiallar muhim, deb hisoblayman", - dedi Martines matbuot anjumanida.

Portugaliya terma jamoasi saralash guruhining so‘nggi o‘yinlarida Irlandiya (13 noyabr) va Armaniston (16 noyabr) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:02, 13.11.2025.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик