Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Anchelotti Rodrigoning "Real"dagi muammolari haqida gapirdi

Anchelotti Rodrigoning "Real"dagi muammolari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rodrigoning qiyinchiliklari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Real"ning 24 yoshli futbolchisi o‘tgan mavsumda jamoani italiyalik murabbiy boshqarganida ruhiy muammolarga duch kelgan edi.

"Qiyin kunlarni boshdan kechirayotganingda atrofdagilarning yordamiga muhtoj bo‘lasan. Hozir Rodrigo o‘zini yaxshi his qilayotganini ko‘rib turibman - u motivasiyaga ega va baxtli, buni o‘tgan mavsum oxirida aytib bo‘lmasdi. Men alohida nimadir qilganim yo‘q, lekin uning muammosi nimada ekanligini tushundim va yordam berishga harakat qildim," - deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Joriy mavsumda Rodrigo Xabi Alonso davrida "Real"ning asosiy tarkibida deyarli maydonga tushmayapti, shu sababli OAVda futbolchining ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tinmayapti.

Kiritildi: 08:24, 13.11.2025.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик