Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

O‘FF prezidenti Islom birdamligi o‘yinlari sovrindorlarini qabul qildi

O‘FF prezidenti Islom birdamligi o‘yinlari sovrindorlarini qabul qildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi a’zolari va murabbiylar shtabi bilan uchrashdi.

Uchrashuv juda samimiy va ruhlantiruvchi muhitda o‘tdi. O‘FF rahbari Bekzod Mamatqulov O‘zbekiston jahonning eng rivojlangan sport mamlakatlaridan biriga aylanib borayotganini ta’kidlar ekan, bu yutuqlar zamirida Hukumatimiz va shaxsan Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta e’tibor hamda g‘amxo‘rlikning o‘rni beqiyos ekanini qayd etdi:

“Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz "Yangi Toshkent" stadioni tamal toshini qo‘yar ekanlar, bu majmua ertangi g‘alabalarimizga asos bo‘ladi. Mazkur inshoot yoshlar uchun ilhom, xalqimiz uchun iftixor ramzlaridan biri bo‘lib qoladi va millionlab futbol muxlislariga katta sovg‘a bo‘ladi, deb ta’kidladilar.

Albatta, bunday e’tibor, g‘amxo‘rliklarga xalqaro maydonlardagi zafarli yurishlar, yutuqlar bilan munosib javob qaytarish lozim. Ayniqsa to‘rt yillikning nufuzli turnirlarida jamoaviy sport turlarida qo‘lga kiritilgan g‘alaba g‘oyat qadrli bo‘ladi. Chunki u katta mehnat, hamjihatlik, sportchilarning birligi va fidoyiligining yuqori namunasidir. Barchangizni bronza medali bilan yana bir bor tabriklayman”,
— dedi Bekzod Mamatqulov.

Yig‘ilishda O‘FA prezidenti maslahatchisi Avaz Azizho‘jayev so‘zga chiqib, Islom birdamligi o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan bronza medali hali tashkil etilganiga bir yil ham bo‘lmagan Futzal federasiyasining ulkan muvaffaqiyati ekanini ta’kidladi. Unga ko‘ra, O‘FF tomonidan amalga oshirilgan islohotlar va izlanishlar natijasida erishilayotgan yutuqlar tanlangan yo‘l va strategiyaning to‘g‘riligini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Tadbirda milliy jamoa bosh murabbiyi Nodir Eliboyev hamda jamoa sardori Mashrab Odilov so‘zga chiqib, Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyati va bildirilgan ishonch uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, Sport vazirligiga, Milliy Olimpiya qo‘mitasiga hamda O‘zbekiston futzal federasiyasiga minnatdorlik izhor etdilar.

Uchrashuv so‘ngida Islom birdamligi o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan milliy terma jamoa a’zolari O‘zbekiston futzal federasiyasi tomonidan munosib taqdirlandi. Jamoa a’zolari tomonidan O‘FF prezidenti B.Mamatqulovga Islom birdamligi o‘yinlarining bronza medali topshirildi.

O‘FF rahbariyati jamoaga kelgusidagi xalqaro musobaqalarda ham yuqori natijalar tilab, ularning g‘alabalari ortidan butun mamlakat sport jamoatchiligi faxr tuyg‘usini his etishini ta’kidladi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 21:08, 13.11.2025.
O'qildi: 688 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик