Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ronaldu JCH-2026 startini o‘tkazib yuborishi mumkin

Ronaldu JCH-2026 startini o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Irlandiya - Portugaliya o‘yinida hissiyotlarini jilovlay olmadi. Yulduz hujumchi kurashda raqibiga tirsagi bilan zarba berdi. Natijada VAR aralashuvidan so‘ng Ronaldu qizil kartochka bilan jazolandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda endi ushbu chetlatish Ronaldu uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Aniqki, hujumchi 16 noyabr kuni Armanistonga qarshi bo‘lib o‘tadigan so‘nggi saralash o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Shu bilan birga, mashhur TheScreenshotLad sahifasida ta’kidlanishicha, Ronaldu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olganligi sababli, u kamida ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi va rasmiy turnirlarga ta’sir qiladi. Ya’ni, agar portugallar mundialga pley-off bosqichisiz yo‘l olsa va guruhdagi birinchi o‘rinni saqlab qolsa, Krishtianu mundial startini ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Shu bilan birga, Ronaldu uch o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi ham mumkinligi aytilmoqda. FIFA tartib-intizom qo‘mitasining qarorini kutish kerak bo‘lsa kerak.

Kiritildi: 05:40, 14.11.2025.
O'qildi: 2572 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик