Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shaxmat. Javohir Sindarov 5-bosqichning ilk o‘yinida g‘alaba qozondi, Yoqubboyev durang o‘ynadi

Shaxmat. Javohir Sindarov 5-bosqichning ilk o‘yinida g‘alaba qozondi, Yoqubboyev durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi musobaqasida bugun 5-bosqich doirasida ilk o‘yinlar o‘tkazildi.

Javohir Sindarov (2721) va germaniyalik Frederik Svene o‘rtasidagi o‘yin naq 5 soatdan oshiqroq davom etdi. Bahsning o‘rtalarida hamyurtimiz kichik ustunlikni qo‘lga kiritdi. Ammo keyinchalik ustunlikni oshiradigan yurishlarni qila olmagan bo‘lsa, raqib aniq o‘yin evaziga vaziyatni tenglashtirdi.

Partiyada Farzinlar va Ruxlar almashib ketgach, tomonlar endshpilga o‘tishdi. Sindarovda ikki Fil qolgan bo‘lsa, Svaneda bir Fil va bir Ot qoldi. Frederik seytnot holatiga tushib qolgani uchun xato qila boshladi. Javohir bundan unumli foydalanib, g‘alabani qo‘lga kiritdi. 68-yurishga kelib Svane mag‘lubiyatini tan oldi.


Nodirbek Yoqubboyev va Gabriyel Sargisyan (Armaniston) o‘rtasidagi bahsda nisbatan tezkor durang qayd etishdi. 32-yurishga kelib tomonlar durangga imzo chekishdi. Bu paytga kelib doskada mutlaqo teng holat yuzaga kelgandi — 3tadan piyoda va bittadan Rux.

Nimchorak finalning javob uchrashuvlari ertaga o‘tkaziladi.

Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi. 5-bosqichning ilk o‘yinida qayd etilgan natijalar:

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:28, 14.11.2025.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик