Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Barsa" himoyachisi o‘z sport formasidan norozi

"Barsa" himoyachisi o‘z sport formasidan norozi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi va Daniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Andreas Kristensen o‘zining jismoniy holatiga baho berdi.

"O‘tgan mavsumgacha jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha menda deyarli savollar bo‘lmagan. Lekin o‘shandan beri muammolar ko‘payib ketdi. Bu g‘ashimga tegadi, lekin men bunga ko‘nikishim kerak," - dedi daniyalik futbolchi jurnalistlar bilan suhbatda.

Kristensen 2022 yildan buyon kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 29 yoshli himoyachi 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Kristensenning "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:01, 15.11.2025.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик